21:06 / 30.03.2020
3 929

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi
31 mart, seshanba kuni, Kaspiy dengizi janubi-g‘arbiy qismi ustidagi janubiy siklon O‘zbekiston hududiga siljib, bulutlilik ortadi va respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet». Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

1 aprel, chorshanba kuni, Kavkazdan sovuq antisiklon kirishi bilan mamlakat hududining katta qismida yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning shimoliy hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kunduzi harorat pasayib, 13-18 daraja iliqni tashkil qiladi.

2 aprel, payshanba kuni, tunda va ertalab Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ob-havo nobarqaror bo‘lib turadi, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi harorat 5-10 daraja bo‘ladi, kunduzi biroz ko‘tarilib, 15-20 darajani tashkil qiladi.

3 aprel, juma kuni, respublikaning katta qismida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat shimoliy tumanlarda, Qozog‘iston hududidan sovuq havo oqimi kirishi natijasida ayrim joylarda, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat mamlakatning katta qismida kechasi 7-12 daraja bo‘ladi, kunduzi 20-25 darajagacha ko‘tariladi, shimolda yomg‘ir yog‘ib, harorat 15-20 darajani tashkil qiladi.

4 aprel, shanba kuni, ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat avvalgidek saqlanib, shu kun uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yordan biroz yuqori bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi