07:39 / 22.04.2020
2 263

Propiska tizimi raqamlashtiriladi

Propiska tizimi raqamlashtiriladi
2020 yil 1 sentabrdan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida «yagona darcha» tamoyili asosida propiska tizimini raqamlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Bu – prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 21 aprel kuni imzolangan farmonda aks etgan.

Farmon bilan 2020 yil 1 sentabrdan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, 2021 yil 1 sentabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda «yagona darcha» tamoyili asosida propiska tizimini raqamlashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy ro‘yxatga olish bilan bog‘liq harakatlarni idoralararo elektron hamkorlik orqali «Yagona darcha» tamoyili asosida «Manzil» avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida amalga oshirish belgilanmoqda.

Mas’ul idoralarga ro‘yxatga olish uchun talab etiladigan hujjatlarni raqamlashtirish, elektron bazalarni yaratish va ularni «Manzil» avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan integratsiya qilish bo‘yicha qator topshiriqlar berilmoqda. Masalan:

– jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish;
– fuqaroning harbiy hisobga onlayn tarzda qabul qilish va chiqarish tizimini joriy etish;
– vasiylik va homiylikni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron bazasini yaratish.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatda turish tartibini ichki ishlar organlariga bormasdan turib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish mexanizmi joriy etilmoqda.

Bundan tashqari, arizachi o‘ziga qulay va yaqin bo‘lgan ichki ishlar organiga borib, shu kunning o‘zida doimiy ro‘yxatni rasmiylashtirish imkoniyati yaratilmoqda.

Buning natijasida o‘rtacha 3 kun vaqt talab qiladigan hujjatlarni yig‘ish va idoralar o‘rtasidagi ovoragarchiliklarga barham beriladi. «Yagona darcha» tamoyilining kiritilishi natijasida ichki ishlar organlariga 1 marta (oldin 2 marta) boriladi, mudofaa (oldin 2 marta) hamda kadastr (oldin 1 marta) bo‘limlariga borishga esa umuman zarurat bo‘lmaydi. Ro‘yxatga olishning elektron tizimi yaratiladi va idoralarning tegishli elektron bazalari shakllanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Propiska tizimi raqamlashtiriladi