14:41 / 19.05.2020
2 618

Pensionerlar piketga chiqqani haqidagi xabar yolg‘on — Xalq banki

Pensionerlar piketga chiqqani haqidagi xabar yolg‘on — Xalq banki
Xalq banki ijtimoiy tarmoqlarda pensiya pullarini ololmagan bir qator pensionerlar piketga chiqqani haqidagi xabarlarni «yolg‘on», deb atadi.

«Xalq banki ushbu holatni yana bir bor o‘rganib chiqdi. Maqolada keltirilgan pensionerlar – Yelena Urlayeva (Toshkent shahri), Svetlana Mustafayeva (Andijon) bilan yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazildi, suhbat bayoni qilindi.

Ular Xalq bankidan pensiya pullarini vaqtida va naqd pulda olganini aytishdi. Bankka hech qanday e’tirozlari yo‘qligini bildirishdi.

Shu o‘rinda esltib ketamiz, Prezidentmiz topshirig‘i bilan pensiya va nafaqa pullari yana naqd pul shaklida tarqatilmoqda. Bunda Xalq banki xodimlari karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda uyma-uy yurib pul tarqatmoqda», — deyiladi Bank Axborot xizmati tomonidan berilgan xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Pensionerlar piketga chiqqani haqidagi xabar yolg‘on — Xalq banki