19:30 / 08.07.2020
2 545

Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolarining vatanga kiritilishi cheklangan tartibda amalga oshirilmoqda

Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolarining vatanga kiritilishi cheklangan tartibda amalga oshirilmoqda
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi «Jibek joli» – «G‘isht-Ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 3000dan ortiq O‘zbekiston fuqaroci to‘planishi kuzatilmoqda, deb ma’lum qildi Tashqi ishlar vazirligi.

Xabar qilinishicha, O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari nazorat-o‘tkazish punktida bo‘lib turishibdi.

«Vatandoshlar bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan, diaspora vakillari bilan birgalikda issiq ovqat va boshqa yordam tashkil qilinmoqda, vaziyat umumiy nazoratga olingan», – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, 1-8 iyul oralig‘ida 2700dan oshiq vatandosh – asosan kasallar, qariyalar, homiladorlar va yosh bolali ayollar O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tgan.

«Texnik sabablarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda vatandoshlarning davlatlararo chegaradan o‘tishlari cheklangan miqdorda amalga oshirildi.

«Jibek joli» o‘tkazish punkti orqali respublika fuqarolarining O‘zbekiston hududiga cheklangan holda kirishi bilan bog‘liq barcha muammolar tez muddatda hal qilinadi», – deya qayd etilgan Tashqi ishlar vazirligi operativ shtabi axborotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolarining vatanga kiritilishi cheklangan tartibda amalga oshirilmoqda