17:49 / 18.07.2020
3 893

+16 000: Beshta hududda yangi kasallanish holatlari aniqlandi

+16 000: Beshta hududda yangi kasallanish holatlari aniqlandi
2020 yil 18 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16068 (+172) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 60 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 87 nafari Toshkent shahrida, 22 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafardan Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 9003 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 6984 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » +16 000: Beshta hududda yangi kasallanish holatlari aniqlandi