Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 257 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 2 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25 040 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Yangi kasallanish holatlari respublikaning 8 hududida qayd etilgan.
Samarqand viloyatida 103 holat;
Toshkent shahrida 99 holat;
Sirdaryo viloyatida 18 holat;
Qashqadaryo viloyatida 14 holat;
Navoiy viloyatida 9 holat;
Namangan viloyatida 5 holat;
Farg‘ona viloyatida 5 holat;
Qoraqalpog‘istonda 4 holat.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 1 avgust kuni koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 774ta yangi holat aniqlangani haqida xabar bergandi. Bu – hozirgacha kuzatilgan eng yuqori kunlik o‘sish.
O‘tgan kuni shuningdek, 835 bemor tuzalgan (bu ham rekord), ayni paytda yurtimizda 15 299 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (61 foiz) sog‘aygan.
Shu vaqtgacha rasmiy statistikaga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 148taga yetgan.
Hozirda mamlakatda 9 592 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 592 nafari og‘ir, 185 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi