2019 yilda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 334,8 mingtani tashkil etdi. Bu haqda Davstatqo‘m xabar berdi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar sonining eng ko‘p ulushi savdo sohasida (30,0 foiz), sanoat tarmoqlarida (20,9 foiz), qurilishda (10,8 foiz), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (8,6 foiz), yashash va ovqatlanishda (7,6 foiz), tashish va saqlashda (4,5 foiz)ni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha o‘rtacha ish haqini hisoblash uchun qabul qilinadigan mehnat daftarchalariga ega bo‘lgan xodimlar sonining eng ko‘pi Toshkent shahri (345 646 ta), Toshkent (121 718 ta), Samarqand (100 940 ta), Farg‘ona (77 269 ta), Andijon (76 296 ta), Namangan (70 677 ta) va Qashqadaryo (64 028 ta) viloyatlariga to‘g‘ri keldi.
2019 yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha ish haqini hisoblash uchun qabul qilinadigan mehnat daftarchalariga ega bo‘lgan xodimlar sonining eng ko‘pi sanoatda – 402 744 ta, shuningdek, savdoda – 206 281 ta, qurilishda – 195 887 ta, tashish va saqlashda – 81 213 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 73 926 tani tashkil etdi.
2019 yilda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mehnat daftarchalari mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslarga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hajmining eng ko‘pi sanoatda – 5 653,5 mlrd. so‘m, shuningdek, qurilishda – 3 081,8 mlrd. so‘m, savdoda – 2 221,8 mlrd. so‘m, tashish va saqlashda – 803,2 mlrd. so‘m, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 686,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi