17:23 / 07.12.2020
5 065

O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 8 dekabr kuni qor yog‘adi

O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 8 dekabr kuni qor yog‘adi
«O‘zgidromet» 8 dekabr, seshanba kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon bir oz qor yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5—10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4—6 daraja sovuq, kunduzi 0—2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15—20 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq—2 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda bir oz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2—7 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda bir oz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq—2 daraja iliq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda bir oz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15—20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8—13 daraja sovuq, kunduzi 1—6 daraja sovuq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 8 dekabr kuni qor yog‘adi