22:57 / 16.03.2021
1 729

Shavkat Mirziyoyev «Lukoyl» kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev «Lukoyl» kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni «Lukoyl» kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Uchrashuvda Vagit Alekperov davlat rahbariga mamlakatda Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasi ishtirokidagi ustuvor investitsiya va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirilishining borishi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Bugungi kunda «Lukoyl» O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan eng yirik investorlardan biri ekani ta’kidlandi. Investitsiyalar hajmi 10 milliard dollarga yetmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Xususan, 8 milliard kub metrdan ortiq tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega Qandim gazni qayta ishlash zavodi faoliyat yuritmoqda. Hauzak va Shodi konlari, Janubi-g‘arbiy Hisordagi konlar o‘zlashtirilmoqda. Muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Suhbat chog‘ida pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qo‘shma loyihalarning samaradorligini oshirish va «Lukoyl» kompaniyasi bilan strategik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan idoralararo ishchi guruh tuzish va «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev «Lukoyl» kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi