10:04 / 19.08.2021
3 848

O‘zbekiston aholisining etnik tarkibi ma’lum qilindi

O‘zbekiston aholisining etnik tarkibi ma’lum qilindi
O‘zbekiston doimiy aholisi 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 34,6 million kishini tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

O‘zbekiston doimiy aholisining etnik tarkibi quyidagicha:

o‘zbek — 29,2 million kishi;
tojik — 1,7 million kishi;
qozoq — 821,2 ming kishi;
qoraqalpoq — 752,7 ming kishi;
rus — 720,3 ming kishi;
qirg‘iz — 291,6 ming kishi;
turkman — 206,2 ming kishi;
tatar — 187,3 ming kishi;
koreys — 174,2 ming kishi;
ukrain — 67,9 ming kishi;
ozarbayjon — 41,2 ming kishi;
belarus — 18,5 ming kishi.

Bundan avval O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 30 yil ichida qanchaga o‘sgani, mamlakatda ajrashgan oilalarning 33,8 foizi 1—4 yil yashagandan so‘ng nikohni bekor qilgani hamda 2021 yil boshidan buyon 10,6 ming kishi doimiy yashash uchun boshqa davlatlarga ko‘chib ketgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston aholisining etnik tarkibi ma’lum qilindi