Mashhur rossiyalik komik aktyor Sergey Svetlyakov o‘tgan hafta so‘nggida yuzaga kelgan janjalli vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi. Yodingizda bo‘lsa, gap Ekaterinburgda ochilgan “Eshak” nomli restoran haqida ketmoqda.
Svetlyakovning aytishicha, restoranga bundan noana’naviy nom qo‘yish bilan u o‘zbek xalqini xafa qilish yoki haqoratlashni xayoliga ham keltirmagan. “Reklamamizda eshakning surati berilib, uning ostida “Eshak” deb yozilgan bo‘lsa, bu fakt faqatgina restoranga nomi berilgan eshakkagina yoqmasligi mumkin! Restoranimizga taalluqli barcha reklama materiallari Sharq, uning an’ana va qadriyatlariga yuqori hurmat ruhida bajarilgan. Bu bizning mijozlarimizga aytar gaplarimizdir!”-dedi Svetlyakov “Vedomosti Urala” nashriga bergan suhbatida.
Aktyorning aytishicha, xo‘tik uning uchun bolalik xotiralari bilan chambarchas bog‘liq, mehribon va samimiy jonivordir. “Eshaksiz bizning Shurik yoki Nasriddin sarguzashtlarini tasavvur etolmayman, xotiramdan ko‘tarilmagan bo‘lsa, u so‘nggi nonini ham jajji do‘sti bilan bo‘lishib egan…
Sharq oshxonasi taomlarini sobiq ittifoq hududida targ‘ib etishimiz bu erda yashayotgan barcha diaspora vakillari tomonidan iliqlik bilan qarshi olindi”-deb ta’kidlab o‘tdi u.
Aktyor bu kabi qaltis vaziyatlarni “istirohat parkida o‘rnatilgan ovoz balandlagichdan” emas, balki o‘zaro hurmat bilan “boshni boshga qo‘yib” hal qilishga chaqirdi.
“Nima bo‘lgan taqdirda ham restoranimizda odamlarni to‘kin dasturxon va yuqori saviyali xizmat kutadi. Men boshqa hech nima deya olmayman. Shunchaki zerikib o‘tirganidan bunday gap chiqarayotgan odamlarni piar qilishga ham ortiqcha vaqt sarflagim yo‘q”,-ta’kidladi u aslida restoran atrofidagi shovqin shunchaki “o‘ylab topilgan”ligiga ishora qilib. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi