Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 1-shahar bolalar klinik kasalxonasi yaqinidagi chorrahada jiddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sputnik” nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mast holatdagi yigitlar bo‘lgan Jizzax viloyatiga tegishli davlat raqamidagi "Matiz" mashinasi katta tezlikda kelib "Spark" bilan to‘qnashgan. Avtomobillar o‘sha lahzada yo‘l chetidan ketayotgan qizga urilgan.
Hodisa oqibatida "Matiz" ag‘darilgan, "Spark"ning esa old qismi deyarli yo‘q bo‘lib ketgan. Guvohlarning ta’kidlashicha, avtohalokat oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, ularning jasadlari 7-shahar klinik kasalxonasi o‘likxonasiga olib ketilgan.
O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi va tegishli boshqarmalar bu xabar borasida hech qanday izoh bermadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar