Ohangaronda PPX xodimi 14 yoshli qizga tegajogʻlik qilganlikda gumon qilinmoqda

Ohangaronda PPX xodimi 14 yoshli qizga tegajogʻlik qilganlikda gumon qilinmoqda
Qisqacha

Oʻhangaronda PPH xodimi 14 yoshli qizga tegajogʻlik qilganlikda gumon qilinmoqda. Qizning soʻzlariga koʻra, voqea 27 aprel kuni kechqurun sodir boʻlgan va u o'z do'stiga yordam soʻrab, akasini chaqirgan. Ichki ishlar vazirligi voqea yuzasidan tezkor tekshiruv oʻtkazayotganini ma'lum qildi va agar ayblovlar tasdiqlansa, xodimga nisbatan qat'iy chora koʻrilishini ta'kidlagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda patrul-post xizmati xodimining voyaga yetmagan qizga nisbatan amalga oshirgan gʻayriqonuniy xatti-harakatlari haqida video murojaat tarqaldi.

Jabr koʻrgan qizning soʻzlariga koʻra, voqea 27 aprel kuni kechqurun, u dugonasi bilan hovlida oʻtirgan paytda yuz bergan.

“Oldimizga Spark rusumli mashina kelib toʻxtadi va haydovchi meni mashinaga chiqishimni aytdi. Men rad javobini berdim, ammo u qoʻpol ohangda buyruq berdi. Men uni militsiya xodimi boʻlgani uchun yomonlik qilmaydi deb oʻyladim. U bizni ancha uzoqdagi qandaydir togʻli hududga olib bordi, mashinani oʻchirib, bizga tegajogʻlik qila boshladi. Shundan keyin akam geolokatsiyamni koʻrib, oʻsha yerga yetib keldi”, deydi 14 yoshli qiz.

Qizning akasi aytishicha, erkak keyinchalik ularga qoʻngʻiroq qilib, tahdid qilgan va qayerda turganlarini aytishni talab qilgan.

Mazkur holat yuzasidan IIV Shaxsiy xavfsizlik boʻlinmasi prokuratura organlari bilan hamkorlikda zudlik bilan tekshiruv ishlarini boshlaganini maʼlum qildi. Hozirda voqeaga aloqador barcha shaxslar va tafsilotlar aniqlanmoqda.

“Xabarlarda qayd etilgan xodim xizmat vazifasidan chetlatildi. Agar bayon qilingan holatlar tasdiqlansa, uning xatti-harakatlariga qatʼiy huquqiy baho beriladi va jinoiy javobgarlikka tortishgacha boʻlgan choralar koʻriladi”, deyiladi vazirlik maʼlumotida.

IIV ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etiladigan har qanday noqonuniy harakatlar, ayniqsa voyaga yetmaganlarga nisbatan bosim va tazyiqlar mutlaqo qabul qilinmasligini hamda keskin choralar koʻrilishini taʼkidladi. Tekshiruv natijalari boʻyicha qoʻshimcha axborot berilishi bildirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar