date

Pedagog xodimining ish haqlari undirib berildi

Pedagog xodimining ish haqlari undirib berildi

Mamlakatimizda inson huquq va manfaatlari davlatimiz tomonidan qonuniy himoya qilib kelinmoqda. Konstitutsiyamizda har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, mehnatiga yarasha ish haqi olish va qonunda koʻrsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi alohida taʼkidlangan.

Biroq mehnat munosabatlarida ish beruvchi tomonidan xodim ishlagan davri uchun ish haqi notoʻgʻri hisoblanishi yoki umuman ish haqi oʻz vaqtida toʻlanmasligi hollari tez-tez uchrab turadi.

Xususan, Majburiy ijro byurosi Quva tumani boʻlimi tomonidan ish haqini undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlarining ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash, ayniqsa, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Misol uchun, Fargʻona viloyat sudining ijro varaqalariga asosan “QTP” DMdan fuqaro I.M foydasiga jami 42,3 mln. soʻmlik ish haqi hamda 7,0 soʻm maʼnaviy zarar undirish haqidagi ijro hujjatlari yuzasidan Byuroning Quva tumani boʻlimi tomonidan ijro harakatlari olib borildi.

Mazkur ijro hujjati darhol ijro qilinishi lozimligi sababli, olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida ish haqi va maʼnaviy zarar toʻliq undirilishi taʼminlanib, fuqaro I.M.ning huquqlari tiklanishiga erishildi.

Byuroning Quva tumani boʻlimi 

davlat ijrochisi Gʻulomiddin Qodiraliyev

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Pedagog xodimining ish haqlari undirib berildi