Mamlakatda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlanishi har yili minglab yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga imkoniyat yaratmoqda. Bu, o‘z navbatida, o‘ta dolzarb muammo hisoblangan aholi, avvalambor yoshlar bandligini ta’minlash imkonini bermoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.
Albatta, aholining bandligini ta’minlash, shu jumladan litsey va kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Chunki, ish bilan band bo‘lgan shaxs deyarli huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etmaydi, ishchi-xodimlarda turli salbiy holatlarni kelib chiqishiga sharoit yaratadigan bo‘sh vaqti kam bo‘ladi, ish joyi uni yetuk mutaxassis bo‘lishiga xizmat qiladi hamda u o‘z kasbi va ustozlari yordamida xalqimizga xizmat qilish ruhida tarbiyalanadi.
Shu bois, aholi bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirishda qulaylik yaratish va bo‘sh ish o‘rinlarini ularning e’tiboriga yetkazish maqsadida, tuman prokuraturasi va Toshkent tumani bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 18 sentyabr kuni soat 14:00da bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilmoqda.
Ushbu yarmarka Toshkent tumani, “Darxon” MFY hududida joylashgan Ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida o‘tkazish rejalashtirilib, unda Zangiota va Toshkent tumanidagi 220 ta korxona hamda tashkilotlar tomonidan 1401 ta ish o‘rinlari taklif etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda