“Spetsiya”ni A Seriyaning navbatdagi turida juda muhim o‘yin kutib turibdi. Liguriyaliklar 28-turda o‘zidan bir pog‘ona yuqori turgan “Salernitana” jamoasini qabul qiladi. Ikki jamoa o‘rtasidagi farq uch ochkoni tashkil qilmoqda va Eldor Shomurodov klubi g‘alaba qozongan taqdirda raqibga yetib oladi.
Bo‘lajak g‘alaba yuqori divizionda qolish uchun kurashayotgan “Spetsiya”ning pozitsiyasini ancha mustahkamlaydi.
“Spetsiya” faoliyatini yoritib borishga ixtisoslashgan https://www.cittadellaspezia.com sayti jurnalisti Andrea Bonatti bo‘lajak bahsda asosiy yuk Eldor Shomurodov zimmasiga tushishi haqida yozdi.
“Spetsiya” FIFA kunlari munosabati bilan turli mamlakatlar terma jamoalariga o‘n nafar futbolchisini jo‘natgan. Bo‘lajak raqib “Salernitana”dan o‘n ikki nafar o‘yinchi o‘z mamlakati terma jamoasiga yo‘l olgan. Ularning klubga qay ahvolda qaytishi bosh murabbiylarni eng ko‘p o‘ylantirayotgan masala hisoblanadi.
Liguriyaliklarda muhim bahs oldidan katta yo‘qotish bor. Jamoaning asosiy to‘purari Mbala Nzolaning sariq kartochkalari soni beshtaga yetgan va bo‘lajak bahsni o‘tkazib yuborishga majbur. Bu vaziyada Leonardo Semplichi ixtiyoridagi asosiy markaziy hujumchi Eldor Shomurodov bo‘lib qolmoqda.
Andrea Bonattining ta’kidlashicha, Yevropa qit’asi mamlakatlari terma jamoalariga yo‘l olgan o‘yinchilarning orta qaytishi ortiqcha muammo tuqdirmaydi. Masala bir necha soatda hal bo‘ladi. Biroq, boshqa mintaqalarda joylashgan davlatlar terma jamoalariga chaqirtirilgan futbolchilarning uchrashuvga yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rishi uchun vaqt kamlik qilishi aytilmoqda.
Eldor Shomurodov terma jamoalarga chaqirtirilgan charm to‘p ustalari orasida “Spetsiya” bazasiga oxirgi yetib keladigan o‘yinchi hisoblanadi. “Spetsiya” murabbiylari legionerimizni eng uzoq vaqt kutishga majbur.
Mamlakatimiz bosh jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes shogirdlari 24 mart kuni Boliviya va to‘rt kundan keyin Venesuela terma jamoalari bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari Saudiya Arabistonida tashkil etiladi.
O‘zbekiston terma jamoasi sardori ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazganidan keyin Italiyaga qaytib kelishi kerak. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, o‘zbek hujumchisi 30 mart kuni klubga yetib keladi.
Eldor “Salernitana”ga qarshi bahsda Mbala Nzola o‘rniga asosiy hujumchi sifatida to‘p tepishi rejalashtirilgan. Muhim bahsga tayyorgarlik ko‘rish uchun Shomurodov ixtiyorida ikki kun vaqt bo‘ladi.
Shu o‘rinda, Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng zo‘r to‘purarga aylanishi ketilmoqda. 27 yoshli hujumchi hozirgacha 59 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 32 marotaba ishg‘ol qilgan. Amaldagi rekordchi Maksim Shatskix hisobida 34 ta to‘p bor. Shundan ekan, oldindagi ikki o‘rtoqlik uchrashuvi ham Eldor uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
“Spetsiya” futbolchilarining “Salernitana”ga qarshi uchrashuvi 2 aprelga belgilangan. “Alberto Pikko” stadionidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin