date
views 10 598

Anchelotti mag‘lubiyatga aybdor o‘yinchilar nomini aytdi!

Anchelotti mag‘lubiyatga aybdor o‘yinchilar nomini aytdi!
Ispaniya Kubogining kechagi final bahsida "Real Madrid" futbolchilari prinsipial raqib "Barselona"ga qarshi keskin va juda qizg‘in kechgan o‘yinda 2:3 hisobida mag‘lubiyatni qabul qilib olishdi.

Hal qiluvchi bellashuvning ilk qismida "qirollik klubi" o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi. Ammo ikkinchi taymda madridliklar to‘liq qayta tiklanib, qisqa vaqt ichida raqib darvozasiga ketma-ket ikki marta zarba berishdi va hisobda oldinga o‘tib olishdi. Lekin uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganda kataloniyaliklar javob golini kiritishga erishishdi.

Qo‘shimcha vaqtda esa, vaziyat yana keskin tus oldi. "Barsa" himoyachisi Jyul Kunde 117-daqiqada aniq va hal qiluvchi zarbasi bilan "ko‘k-anorranglilar"ga tarixiy g‘alabani taqdim etdi va ularga Ispaniya kubogini olib berdi.

Uchrashuv yakunlangach, madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti so‘nggi daqiqalarda sodir bo‘lgan va o‘yin taqdirini hal qilgan vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«117-daqiqada raqibning hal qiluvchi to‘pi kiritilgan vaziyatda kichik tushunmovchilik yuz berdi. Braim Dias unga to‘p yuqoridan orqali uzatilishini kutayotgandi. Luka Modrich esa uning o‘ylaganidan farqli ravishda to‘pni yerdan uzatdi. Odatda, bunday kichik jihatlar ko‘p hollarda o‘yin natijasiga ta’sir qilmaydi. Ammo bu gal aynan shu vaziyat biz uchun hal qiluvchi bo‘lib chiqdi va g‘alabani qo‘ldan boy berishimizga olib keldi», — deya izoh berdi Anchelotti.

Ma’lumot uchun, ushbu g‘alaba "Barselona" uchun klub tarixidagi 32-Ispaniya kubogini anglatsa, "Real Madrid" jamoasi esa o‘z tarixida 21-marotaba ushbu sovrin uchun kechgan finalda mag‘lubiyat achchig‘ini totdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anchelotti mag‘lubiyatga aybdor o‘yinchilar nomini aytdi!