date
views 361

O‘zbekistonda juda issiq kunlar boshlandi: 9 mayda ob-havo o‘zgaradi!

O‘zbekistonda juda issiq kunlar boshlandi: 9 mayda ob-havo o‘zgaradi!
O‘zbekiston hududida yaqin kunlar davomida yoz oylariga xos bo‘lgan issiq havo kuzatiladi. «O‘zgidromet» tomonidan ma’lum qilinishicha, 5–7 may kunlari respublika bo‘ylab quruq va issiq ob-havo hukmronlik qiladi.

Meteorologlarning bashoratlariga ko‘ra, dushanba kunidan boshlab chorshanbagacha havo harorati kunduzlari +35...+38 darajagacha ko‘tariladi. Janubiy viloyatlar va cho‘l zonalarida esa harorat +40 darajagacha bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar bu holat may oyining boshi uchun odatiy holdan ancha yuqori ekanini qayd etmoqda. Bunday issiq havo odatda iyun va iyul oylariga xos hisoblanadi.

Biroq, bu issiqlik uzoq vaqt saqlanib turmaydi. 8 may kuni respublika hududida havo haroratining pasayishi boshlanadi. 9 may – Xotira va qadrlash kunida esa havo harorati sezilarli darajada pasayib, +27…+32 darajani tashkil etadi.

Bundan tashqari, 8 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 9 may kuni esa bu holat markaziy va sharqiy hududlarga tarqaladi.

Shamol ham ayrim joylarda sezilarli darajada kuchayishi kutilmoqda. Xususan, 5–7 may kunlari shimoliy hududlar va cho‘l zonalarida, 8–9 may kunlari esa butun respublika bo‘ylab shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda shamol tezligi 20–22 metr/soniyagacha yetgan holda, chang-to‘zon bilan birga kuzatilishi ehtimoli bor.

Toshkent shahrida ob-havo qanday bo‘ladi?

Poytaxtda 5–8 may kunlari ob-havo quyoshli va quruq bo‘lib, harorat asosan +33…+36 daraja bo‘ladi. 7 may kuni esa harorat maksimal darajagacha ko‘tarilib, +36…+38 darajani tashkil etadi.

Biroq 9 may kuni ob-havo keskin o‘zgaradi. Shu kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati esa bir necha daraja pasayib, +27…+30 daraja atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

«O‘zgidromet» fuqarolarni havoning bunday keskin o‘zgarishiga tayyor turishga, issiq kunlarda quyosh urishi va havo ta’siridan himoyalanish choralarini ko‘rishga chaqirmoqda. Ayniqsa, kunduzgi soatlarda quyosh ostida uzoq vaqt qolmaslik tavsiya etilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda juda issiq kunlar boshlandi: 9 mayda ob-havo o‘zgaradi!