date

Angliya chempionati, 2-tur oldidan. Markaziy o‘yin — «Lester» - «Arsenal»!

Angliya chempionati, 2-tur oldidan. Markaziy o‘yin — «Lester» - «Arsenal»!

Bugun Angliya Premer-ligasining 2-tur uchrashuvlariga start beriladi. Futbol ishqibozlari hukmiga bir qator qiziqarli bo‘lgan o‘yinlar havola etiladi.

Jumladan, turni "Manchester Yunayted" - "Sautgempton" uchrashuvi ochib beradi. Joze Mourinyu shogirdlarida yana g‘alaba qozonish imkoni bor.Bundan "qizil iblislar" foydalanishlari kerak bo‘ladi.

Qolgan bahslar ertaga va indinga bo‘lib o‘tadi.

Bu turda "Manchester Siti" jamoasi safarda "Stok Siti" mehmoni bo‘ladi. Gvardiola futbolchilari oldida ham uch ochkolik vazifa turibdi.

Londonning "Chelsi" jamoasi ham safarda "Uotford" bilan o‘ynasa, "Byornli" o‘z maydonida "Liverpul" jamoasini qabul qiladi. Etakchi jamoalarga oson bo‘lmasligi aniq.

Mazkur turda markaziy o‘yin bor. Unda o‘tgan yilgi chempion "Lester" jamoasi Londonning "Arsenal" klubini qabul qiladi. Bu jamoalar birinchi turda mag‘lubiyatga uchrashgan. 2-turda ular qanday natija qayd etishadi?

Bu savolga ertaga javob olamiz.

Ushbu tur anonsi bilan tanishing:


Manba: www.fut.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Angliya chempionati, 2-tur oldidan. Markaziy o‘yin — «Lester» - «Arsenal»!