Farg‘onada o‘g‘il pul uchun o‘z onasini o‘ldirdi

1 daqiqa o'qish575
Farg‘onada o‘g‘il pul uchun o‘z onasini o‘ldirdi

Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan mudhish jinoyat jamoatchilikni larzaga soldi. Ma’lum bo‘lishicha, 29 yoshli erkak pul masalasida chiqqan janjal ortidan o‘z onasini shafqatsizlarcha o‘ldirgan.

Sud materiallariga ko‘ra, voqea kuni ertalab soat 08:00 atrofida marhuma ayol va uning to‘ng‘ich o‘g‘li o‘rtasida moliyaviy muammo sabab tortishuv yuzaga kelgan. Janjal keskin tus olib, ayblanuvchi qo‘lidagi bolta bilan onasining bosh qismiga bir necha bor zarba bergan.

Ma’lumotlarda qayd etilishicha, u shundan so‘ng jinoiy harakatini davom ettirib, hovlida turgan xo‘jalik pichog‘ini olgan va ayolning jasadiga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan. Keyin esa izini yashirish maqsadida jasadning ayrim qismlarini xonadon hududiga ko‘mib qo‘ygan va voqea joyidan qochib ketgan.

Mazkur holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sud ayblanuvchini Jinoyat kodeksining qasddan odam o‘ldirishga oid moddasi bilan aybdor deb topdi.

Hukmga ko‘ra, u 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?