Buxoroda Cobalt boshqargan YPX xodimi piyodani urib ketdi

1 daqiqa o'qish279
Buxoroda Cobalt boshqargan YPX xodimi piyodani urib ketdi

Buxoro viloyatining Vobkent tumanida YPX xodimi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan so‘ng holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 27 aprel kuni soat 09:05 atrofida Vobkent tumanidagi Imom Buxoriy ko‘chasida ro‘y bergan. YHXB xodimi Yo. Mavlonov o‘zining Cobalt rusumli avtomobilini boshqarayotib, piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 2009 yilda tug‘ilgan qiz — S.N.ni urib yuborgan.

Hodisa oqibatida qiz yengil tan jarohatlari olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi jabrlanuvchiga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida uni shifoxonaga olib borgan.

Shuningdek, xodim xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda hushyor holatda bo‘lgani va avtomobilni boshqarish uchun barcha zarur hujjatlarga ega ekani aytilmoqda.

Ayni paytda mazkur holat bo‘yicha Vobkent tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?