22:31 / 25.04.2024
185

U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda!

U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda!
23 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak finalidan o‘rin olgan Qatar - Yaponiya uchrashuvida yaponiyaliklar 2:4 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Dastlab, Yamada hisobni ochgan bo‘lsa, Al-Ravi imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Shundan keyin Balideh qizil kartochka oldi va qatarliklar bir kishi kam bo‘lib qoldi. Ikkinchi taymda darvozalar yana bir martadan ishg‘ol qilindi. Asosiy vaqtlar 2:2 hisobi bilan tugadi, ekstra-taymlarda Yaponiya ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, Qatar turnirni tark etdi. Oiva shogirdlari esa yarim finalga yo‘l oldi.

Qatar U-23 — Yaponiya U-23 2:4
Gollar
: Ahmad Al Ravi (24), Jasim Gabir (49) — Fuki Yamada (2), Siji Kimura (67), Mao Hosoya (101), Kotaro Uchino (112)
Qatar U-23: Yusuf Abdulloh, Said Hassan, Muhammad Aiash, Hoshimi Al Husayn, Mustafo Mishal, Naif Al Hadrami, Xolid Ali, Abdulloh Al Yazidi, Abdulloh Al Ali, Jasim Gaber, Ahmad Al Ravi.
Yaponiya U-23: Kokubo, Sekine, Kimura, Yamamoto, Fujita, Sato, Yamada, Matsuki, Hosoya, Ohata, Takai.
Chetlatish: Yusuf Abdulloh (41)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda!