
«Aston Villa» esa «PSJ»ga qarshi kechgan dramatik o‘yinda 0:2ni 3:2ga aylantirdi, ammo umumiy hisobni tenglashtirishga bir gol yetmadi.
Aston Villa — PSJ 3:2
Gollar: Tilemans (34), MakGinn (55), Konsa (57) — Hakimi (11), Mendesh (27)
Aston Villa: Martines — Din (Matsen, 76), Torres, Konsa, Kesh — Kamara, Onana (Remzi, 67) — Rodjers, Tilemans (Barkli, 88), MakGinn (Asensio, 66) — Rashford (Uotkins, 76)
PSJ: Donnarumma — Mendesh, Markinos, Pacho, Hakimi — Ruis, Vitinya, Nevesh — Kvaratsxeliya, Dembele, Barkolya (Due, 61)
Ogohlantirish: MakGinn (42)
Birinchi o‘yin: 1:3
«Aston Villa» va «PSJ» o‘rtasidagi javob uchrashuvi ham shiddatli kechdi. Parij shunchaki kuchliroqdek, birinchi o‘yindagi ikki gol farqi – Angliya javob o‘yinidan oldin yetarli bo‘ladigandek ko‘ringandi. Qolaversa, «PSJ» ikkinchi uchrashuvni nafaqat kuchli boshladi, balki vaziyatlardan foydalanishda sovuqqonlik namoyish etdi.
Birminghemliklarda avvaliga barcha narsada uzilish bo‘ldi. O‘yin boshlanishi arafasida tashkilotchilar musiqani adashtirib yuborishdi va butun stadionga Chempionlar ligasi o‘rniga, Yevropa ligasi madhiyasi qo‘yib berildi. Bu shunchaki ovoz operatori xatosi bo‘lgani tayin. Ammo internetda darhol Emeri, «Yevropa ligasi qiroli», Yevropadagi ikkinchi darajali turnirning to‘rt karra qiroli ekanini eslatib, bu o‘ylangan hiyla ekani haqida memlar keng tarqaldi.
Futbolchilar bunga turlicha reaksiya ko‘rsatishdi — parijliklar o‘zini noqulay sezishdi. Inglizlar esa tabassum qilishdi — aftidan, ular o‘z murabbiyining sevimli turniri madhiyasini yaxshilik alomati deb hisoblashgan.
Ammo «Villa» futbolchilari o‘yin startidayoq muxlislari kambekdan umid uzishi uchun o‘ynay boshladi. Markus Reshford raqib jarima maydoni oldida to‘pni yo‘qotdi, mehmonlar esa ikki uzatma bilan Barkolyani maydonning narigi qismidagi jarima maydoni yaqinida to‘p bilan ta’minladi, yosh fransuzning markazga uzatmasidan keyin Martines qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni Hakimining oyog‘iga tashlab berdi – «PSJ» qanot himoyachisi o‘ta aniq zarba berdi.
«Villa» uchun bu o‘ta noqulay ssenariy edi va jamoa yana ochilishga majbur bo‘ldi. 27-daqiqada mezbonlar navbatdagi hujumda to‘p yo‘qotdi, parijliklar esa yana bir necha uzatma bilan jarima maydoniga yetib keldi va 4 ga 2 ko‘rinishidagi qarshi hujumda ikkinchi golni urishdi. Dembele to‘pni hech kim yopmagan Mendeshga tashlab berdi va qanot himoyachisi burchakka ideal zarba berdi. Shundan keyin ikki o‘yin natijasiga ko‘ra umumiy hisob «PSJ» foydasiga 5:1 ko‘rinishini oldi.
Bunday holatda qandaydir intriga qolgani haqida gapirish qiyin edi. Fol uchun Hakimiga qizil kartochka ko‘rsatilganida, bu mantiqiy bo‘lardi, ammo hakam marokashlik futbolchini kechirdi.
«Villa» birinchi bo‘limdayoq javob qaytarishni boshladi. Mezbonlarga rikoshet yordam berdi – Tilemansning zarbasidan keyin to‘p Pachoning ko‘ksiga tekkan holda yo‘nalishini o‘zgartirib, to‘sin ostidan darvoza to‘riga bordi. Shunga qaramay, «PSJ» o‘zi uchun qulay hisobda tanaffusga yo‘l oldi.
Ikkinchi bo‘limda esa parijliklarning oyog‘i qaltiray boshladi va «Villa» tezda yana bir gol urdi. E’tiborli jihati, ikkinchi gol ham Pachoning ishtirokida bo‘ldi. Tezligi u qadar yuqori bo‘lmagan Makginn to‘pni o‘z jamoasi jarima maydoni atrofidan raqib jarima maydoniga qadar olib bordi va kuchli zarba yo‘lladi – to‘p markaziy himoyachiga tegib, to‘sin ostiga sho‘ng‘idi – 2:2. Bu hujumda parijliklarning na maydon futbolchilari va na Donnarumma hujumni to‘xtatish chorasini topa olmadi.
Bir necha daqiqa o‘tib «Villa» uchinchi golni urishga ham yaqin keldi. Reshfordning jarima maydoni chizig‘idan yo‘llagan zarbasidan keyin Donnarumma to‘qqizlikka borayotgan to‘pni to‘xtatib qoldi.
«Villa» keyingi hujumda baribir uchinchi golni ham urdi – shunday qilib 0:2 hisobi 3:2 ko‘rinishiga o‘zgardi. Reshford raqib jarima maydonida ajoyib dribling namoyish etdi va Konsani qulay vaziyatga chiqardi. Himoyachi yaqin burchakka aniq zarba yo‘lladi. Ketma-ket uch goldan keyin «Villa» ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra hisobni tenglashtirishga juda yaqin keldi. «PSJ» futbolchilari asabiylashib, juda ko‘p imkoniyat berdi. Tilemans bosh bilan yo‘llagan xavfli zarbani ham Donnarumma qaytardi. Keyin esa Asensio bilan yakkama-yakka vaziyatda qahramonlik ko‘rsatdi.
«PSJ»ning o‘zida esa vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi, kamdan kam vaziyatlardan birida Due imkoniyatdan foydalana olmadi va o‘yin so‘nggi daqiqalargacha asabiy davom etdi.
So‘nggi soniyalarda ham Matsenning jarima zarbasi o‘ta xavfli chiqdi. To‘p darvoza sohasiga to‘g‘ri borayotgandi, ammo bu safar aynan Pacho darvoza chizig‘i ustida turgan holda to‘pni to‘sib qoldi. «PSJ» katta qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi, ammo bu bosqichda jamoadan yaxshiroq o‘ynash talab etiladi — final ostonasida parijliklarni «Arsenal» — «Real» juftligi g‘olibi kutadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar