Amazon mahsulot sahifalarida sun'iy intellektli audio muloqotni yo'lga qo'ydi

"Amazon" kompaniyasi mahsulot sahifalarida sun'iy intellekt asosida ishlaydigan yangi audio funksiyani taqdim etdi. Mazkur tizim foydalanuvchilarga tovarlar haqida savol berish va real vaqt rejimida ovozli javob olish imkonini beradi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
"Join the chat" deb nomlangan yangi xizmat mijozlarning vaqtini tejashga xizmat qiladi. Endi xaridorlar uzun tavsiflar yoki ko'plab sharhlarni o'qib chiqish o'rniga, sun'iy intellektdan mahsulotning o'ziga xos xususiyatlari haqida so'rab olishlari mumkin.
Tizim mahsulot haqidagi ma'lumotlar va boshqa xaridorlarning fikrlarini tahlil qilib, tabiiy muloqot shaklida javob qaytaradi. Masalan, foydalanuvchi kiyimning matosi qichishtirishi yoki qahva mashinasi yangi o'rganuvchilar uchun mosligini so'rashi mumkin.
Kompaniya ma'lumotiga ko'ra, sun'iy intellekt har bir savolga qarab suhbatni moslashtiradi va avvalgi javoblarni takrorlamaydi. Bu tajriba do'kondagi bilimdon sotuvchi bilan maslahatlashishga o'xshash qilib ishlangan.
Hozirda ushbu funksiya AQShda "Amazon Shopping" ilovasi doirasida sinovdan o'tkazilmoqda. Foydalanuvchilar mahsulot rasmi ostidagi maxsus tugmani bosish orqali ham matn, ham ovozli shaklda muloqotga kirishishlari mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!