Misrda ilon chaqishi oqibatida sayyoh hayotdan koʻz yumdi

Misrda oila a'zolari bilan sayohat qilayotgan germaniyalik sayyoh ilon tomonidan chaqilib, hayotdan ko'z yumdi. U aprel oyida Hurghada shahrida ilonlarni sehir qilish namoyishida ishtirok etgan va ilonlardan biri uning kiyimiga kirib, oyoqdan chaqgan. Shifokorlar barcha harakatlariga qaramay, 57 yoshli jabrlanuvchini saqlab qolishning iloji bo'lmagan. Hozirda Germaniya politsiyasi va prokuraturasi ushbu holat bo'yicha tergov olib bormoqda.
Misrga oila aʼzolari bilan tashrif buyurgan sayyoh Ilon chaqishi oqibatida hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda The Guardian xabar tarqatdi.
Maʼlumotlarga koʻra, germaniyalik sayyoh aprel oyida Hurgada shahriga borgan. U mehmonxonada tashkil etilgan ilonni sehrlash namoyishida ishtirok etgan. Germaniya politsiyasi ushbu shouda ikki dona kobra qoʻllanganini maʼlum qilgan. Ular tomoshabinlarning yelkasi va boʻyniga qoʻyilgan.
57 yoshli jabrlanuvchida zahar taʼsiri alomatlari kuzatilgan, u shifoxonaga olib ketilishidan oldin reanimatsiya choralari koʻrilgan. Tabiblarning barcha harakatlariga qaramay, erkakning hayotini saqlab qolishning iloji boʻlmagan.
Uning shaxsi oshkor etilmagan, ammo u Unterallgoy hududidan boʻlib, ikki yaqini bilan taʼtilda boʻlgan. Germaniya politsiyasi hamda prokuraturasi ushbu holat yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda, toksikologik tahlil natijalari kutilmoqda. Misr rasmiylari esa ushbu voqeadan bexabar ekanini maʼlum qilgan.





























Izohlar 0
…