Xotira va qadrlash kunida necha kun dam olamiz?

Xotira va qadrlash kunida necha kun dam olamiz?

Oʻzbekistonda 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan haftasiga 5 kun faoliyat yuritadigan xodimlar ketma-ket 3 kun dam oladi.

2026 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash hamda dam olish kunlarini koʻchirish haqidagi prezident farmoniga koʻra, joriy yilda 9 may shanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelgani sababli ushbu dam olish kuni 11 may, dushanbaga koʻchirilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan quyidagi sanalarda dam olinadi:

 - 9 may, shanba — odatiy dam kuni;

 - 10 may, yakshanba — anʼanaviy dam olish kuni;

 - 11 may, dushanba — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan koʻchirilgan dam kuni.

Yaʼni haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uzluksiz 3 kun, haftasiga 6 kun mehnat qiladiganlar esa ketma-ket 2 kun hordiq chiqaradi.

Mehnat kodeksida ham dam olish kuni ishlanmaydigan bayram sanasiga toʻgʻri kelgan holatda, dam kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchirilishi belgilab qoʻyilgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar