
Velko Paunovich Serbiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida rasman eʼlon qilindi. Bu haqda Serbiya futbol ittifoqi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Paunovich avvaliga Ispaniyaning "Real Oviedo" klubida faoliyat yuritgan. Serbiya murabbiyi ushbu klubni bir necha yillik tanaffusdan soʻng Segundadan Primeraga olib chiqishga muvaffaq boʻlgan.
Noyabr oyida Serbiya terma jamoasini Jahon chempionati saralash bosqichida muhim oʻyinlar kutmoqda. 13-noyabr kuni serblar safarda Angliya bilan, 16-noyabr kuni esa oʻz maydonida Latviya bilan toʻqnash keladi.
Hozirda Serbiya oʻz guruhida uchinchi oʻrinda 10 ochko bilan joylashgan. Ikkinchi oʻrin egasidan bir ochko ortda qolmoqda.
Bungacha Serbiya terma jamoasini Dragan Stoykovich boshqarib kelgan. U jamoani Albaniyadan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng, oktyabr oyida isteʼfoga chiqarilgan edi.
Serbiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar