Bavariya Ayaks yulduzi Mika Godtsni kuzatmoqda

Myunxenning Bavariya klubi o‘z hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Ayaks vingeri Mika Godtsni diqqat markazida ushlab turibdi. Bild xabariga ko‘ra, 20 yoshli belgiyalik futbolchi nemis klubining qiziqishlar doirasiga kirgan, biroq u hozircha asosiy transfer maqsadi hisoblanmaydi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Bavariya chap qanot uchun birinchi navbatda Nyukasl Yunayted vakili Entoni Gordonni ko‘rmoqda. Biroq ingliz klubi futbolchi uchun 90 million yevro talab qilayotgani Myunxen rahbariyatini ikkilantirmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi narx borasidagi farq 20 million yevrodan oshib ketgan.
Mika Godts joriy mavsumda Erediviziyada 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ushbu ko‘rsatkich uni liga to‘purarlari ro‘yxatida yetakchiga aylantirdi. Belgiyalik futbolchining Ayaks bilan shartnomasi 2029-yilga qadar mo‘ljallangan.
Hozirgi vaqtda futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi, bu esa uni Entoni Gordonga qaraganda ancha arzon va istiqbolli variantga aylantiradi. Shuningdek, futbolchiga Manchester Yunayted va Manchester Siti klublari ham qiziqish bildirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!