date

Superkompyuter Arsenalni chempion deb bashorat qilmoqda


Britaniyaning The Sun nashri superkompyuter yordamida Angliya Premer-ligasining yakuniy turnir jadvalini bashorat qildi. Ushbu prognozga ko'ra, "Manchester Siti" uchinchi o'rinni egallaydi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, "Arsenal" chempionlikni qo'lga kiritadi va 20 yillik tanaffusdan so'ng birinchi marta 90 ochko to'plash imkoniga ega bo'ladi. "Liverpul" esa 77 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallaydi.

Pep Gvardiola jamoasi, so'nggi mavsumlarda barqaror o'yin ko'rsatganiga va Husanovning maydonga qaytganiga qaramay, uchinchi pog'onani egallaydi. Model hisob-kitoblarida joriy natijalar, jamoalarning formasi, gol statistikalari va xG ko'rsatkichlari hisobga olingan.

Ushbu ma'lumotlarga asoslanib, superkompyuter butun mavsumning yakuniy jadvalini shakllantirdi. Liderlar ro'yxati: Chempion: "Arsenal" Ikkinchi o'rin: "Liverpul" Uchinchi o'rin: "Manchester Siti" Bosh muvaffaqiyatsizlik esa "Manchester Yunayted" jamoasini kutmoqda — ular 12-o'ringa tushib qolishi kutilmoqda.

Hozirda yuqori o'rinlarda joylashgan "Bornmut" esa mavsum oxiriga kelib ettinchi pog'onaga chekinadi. Superkompyuterning prognoziga ko'ra, chempionatni tark etadigan jamoalar: "Vest Xem", "Byornli" va "Vulverxempton" bo'lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superkompyuter Arsenalni chempion deb bashorat qilmoqda