15 million fuqaroning ma’lumotlari sizib chiqqani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 15 million nafar O‘zbekiston fuqarosiga tegishli shaxsiy ma’lumotlar internetning “Dark Web” qismiga sizib chiqqani aytilmoqda. Ushbu ma’lumotlar hukumatga qarashli veb-sahifalardan olingani haqida iddaolar paydo bo‘lgan.
Tarqalgan fayllarda fuqarolarning pasport raqamlari, telefon raqamlari, elektron pochta manzillari, ish joylari va hattoki suratlarigacha mavjud ekani aytilmoqda. Bu holat keng jamoatchilikda xavotir uyg‘otdi.
O‘zbekiston Respublikasi Kiberxavfsizlik markazi bu holat yuzasidan dastlabki izohini berdi. Unga ko‘ra, ayni vaqtda mazkur holat bo‘yicha chuqur o‘rganish ishlari olib borilmoqda va rasmiy ma’lumotlar keyinchalik e’lon qilinadi.
Markaz, shu bilan birga, fuqarolarga o‘z shaxsiy ma’lumotlarini begona shaxslarga bermaslik, davlat tizimlariga kirishda kuchli parollardan foydalanish va shubhali havolalarga kirmaslikni tavsiya qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!