Toshkent–Chorvoq yo‘lida tezlik 80 km/soatgacha tushirildi

Toshkent–Chorvoq yo‘lida tezlik 80 km/soatgacha tushirildi
Qisqacha

Toshkent viloyatidagi D 012 “Bektemir–Chirchiq–G‘azalkent–Chorbog‘ qo‘rg‘oni” yo‘lining ayrim qismlarida tezlik 100 km/soatdan 80 km/soatgacha pasaytirildi. Cheklov 19–20, 44–45, 49–50, 61–62, 64–65 va 71–74 km oralig‘idagi yo‘l kesimlarida amal qiladi. Qaror 2025 yilda ushbu oraliqda 63 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, 15 kishi vafot etgani va 50 kishi tan jarohati olgani sabab qabul qilingan. Mazkur hududlarda 3.

Toshkent viloyatining ayrim yo‘llarida transport vositalarining harakatlanish tezligi 80 km/soatgacha pasaytiriladi. Bu haqda 2 fevral kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qaror qabul qilganini e’lon qildi.

Qarorga ko‘ra, bu cheklov D 012 “Bektemir–Chirchiq–G‘azalkent–Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 19–74 km oralig‘idagi muayyan qismlarida amaliyotga joriy etiladi. Chunki 2025 yilda aynan shu oraliqda 63 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, 15 kishi vafot etgan, 50 kishi tan jarohati olgan.

Mutasaddilar tez-tez sodir bo‘layotgan halokatlar sabab bu yo‘lning aholi yashamaydigan 6 ta hududida harakat tezligini 100 km/soatdan 80 km/soatgacha tushirishni maqsadga muvofiq deb topgan. Bu chora yo‘lovchilar xavfsizligini oshirish, YTHlarning oldini olishga qaratilgan.

Qamrab olingan aniq manzillar quyidagilardan iborat:
– 19–20 km,
– 44–45 km,
– 49–50 km,
– 61–62 km,
– 64–65 km,
– 71–74 km oralig‘i.

Bu hududlar Yuqori Chirchiq va Bo‘stonliq tumanlari orqali o‘tuvchi yo‘l kesimlaridir. Endilikda 3.24 belgisi — “Yuqori tezlik cheklangan” (80 km/soat) yo‘l belgilari ushbu nuqtalarda o‘rnatiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar