Ka’badagi mato milliarder Epshteynga hadya sifatida yuborilgan ekan

AQSh Adliya departamenti tomonidan e’lon qilingan hujjatlarga ko‘ra, 2017-yilda taniqli milliarder Jeffrey Epshteynga Ka’baning matosidan bir parcha sovg‘a qilingan. Ushbu noyob sovg‘ani Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat yurituvchi bir guruh ishbilarmonlar yuborgani aniqlangan.
Sovg‘a diniy ahamiyatga ega bo‘lgan Ka’bapo‘sh matosining bir qismi bo‘lib, u dunyo bo‘ylab millionlab musulmonlar tomonidan ziyorat qilinadigan joyda joylashgan muqaddas matodir.
Aziza al-Ahmadi ismli ayol bu sovg‘ani yuborganlardan biri sifatida quyidagilarni ta’kidlagan:
“Bu qora mato parchasiga dunyo bo‘ylab kamida o‘n millionlab sunniy, shia va boshqa musulmonlarning qo‘li tekkan. Ular Ka’ba atrofida yetti marta tavof qilib, imkon topib shu matoga qo‘l tekkizishga intilishadi. U yerda o‘z duolari, orzulari, ko‘z yoshlari va umidlarini qoldirishadi. So‘ngra bu duolar ijobat bo‘lishidan umid qilishadi.”
Epshteyn bilan bog‘liq ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!