date

Chempionlar Ligasi o‘yinlari endi bir soat kech boshlanadi

Chempionlar Ligasi o‘yinlari endi bir soat kech boshlanadi
Yevropada qishki vaqt tizimiga o‘tilishi munosabati bilan Yevrokuboklar jadvali o‘zgardi — endi barcha o‘yinlar bir soat kech boshlanadi. Agar ilgari Chempionlar Ligasi o‘yinlari Toshkent vaqti bilan yarim tunda boshlangan bo‘lsa, endi ilk hushtak soat 01:00 da yangraydi.

Bu o‘zgarish Yevropa mamlakatlarining qishki vaqtga o‘tishi bilan bog‘liq, O‘zbekistonda esa mavsumiy vaqt o‘zgarishi yo‘q. Yevropa qishki vaqt tizimidan faqat 2026 yilning mart oyi oxirida chiqadi.

Shu sababli Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Yevropaning yuqori darajadagi chempionatlari o‘yinlari bahorgacha bir soat kech boshlanadi. 5-noyabr kuni bir vaqtda ikkita markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Har ikki o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari kechki translyatsiyalarga ko‘nikishlari kerak bo‘ladi — endi barcha Yevrokuboklarning kechki o‘yinlari odatdagidan bir soat kech boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chempionlar Ligasi o‘yinlari endi bir soat kech boshlanadi