"Bavariya" Kane va Olisni sotmasligini rasman e'lon qildi

"Bavariya" klubi rahbariyati jamoaning asosiy hujumchilari Harri Kane va Maykl Olisning kelajagi borasidagi mish-mishlarga chek qo'ydi. Klub afsonasi va boshqaruv kengashi a'zosi Karl-Xayns Rummenigge ushbu futbolchilar transferi bo'yicha pozitsiyasini ochiqladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Rummeniggening so'zlariga ko'ra, Yevropaning boshqa grand klublari tomonidan bildirilayotgan qiziqishlarga qaramay, hujumkor tandem daxlsiz bo'lib qoladi. Myunxenliklar Chempionlar ligasi yarim finalida "PSJ"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda bu bayonot jamoa ichidagi barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

Harri Kane va Maykl Olis joriy mavsumda nemis klubining hujum chizig'ida markaziy o'rinni egallab turibdi. Rahbariyat ularni jamoaning uzoq muddatli loyihasidagi eng muhim figuralar deb hisoblamoqda va har qanday takliflarni rad etishga tayyor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!