Shomurodov va Fayzullayev asosiy tarkibda

Superliganing 14-turida "Kasimpasha" jamoasi "Istanbul Bashakshehir"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
Ushbu o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayev mehmonlar jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushishadi. Uchrashuv oldidan "Bashakshehir" jamoasi o‘z tarkibini e’lon qildi.
Jamoa murabbiyi Nuri Shahinning taktikasi hujumkorlikka qaratilgan bo‘lib, qanotlardan tezkor hujumlar va markazdagi zich nazorat asosiy ustuvorlik sifatida belgilangan. Asosiy tarkib: Muhammad, Onur B., Duarte, Opoku, Operi, Umut, Fayzullayev, Kemen, Harit, Zelke, Shomurodov.
Zaxira o‘yinchilari: Dog‘an, Da Kosta, Berat, O‘mer Ali, Krespo, Kaluziynski, Bertug‘, Brnits, Hamza, Onur E.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing