Taftish.uz ishi: Toshkent IIBB besh kishini rasman qo‘lga oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Taftish.uz» internet nashri tahririyati “butunlay olib ketilgani” haqida turli xabarlar aylanganidan so‘ng, vaziyatga Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.
Rasmiy axborotga ko‘ra, 2026 yil 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi va 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, bir qator shaxslar protsessual tartibda ushlangan.
IIBB bayonotida qo‘lga olinganlar sifatida quyidagilar sanab o‘tilgan:
1988 yilda tug‘ilgan G‘ayrat Aberaev
Taftish.uz internet nashri xodimlari:
1992 yilda tug‘ilgan Azizjon Yuldashev
2000 yilda tug‘ilgan Sardor Hamidov
2006 yilda tug‘ilgan Marjona Eshquvvatova
1998 yilda tug‘ilgan Dilshod Nishonov
Shuningdek, rasmiy ma’lumotda aytilishicha, ayni paytda ushbu shaxslarning Jinoyat kodeksining 139-moddasi hamda 244/6-moddasida nazarda tutilgan holatlarga aloqadorligi ham tekshirilmoqda.
Rostini aytganda, hozirgi bosqichda eng muhim nuqta shu: gap gumon va tergov tekshiruvi haqida ketyapti. Ya’ni, keyingi xulosa — ish materiallari, dalillar va huquqiy bahoga qarab chiqadi. Rasmiy tomon qo‘shimcha ma’lumot berilishini ham qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!