Abduqodir Husanovning zo‘r o‘yini uchun muxlislar tarmoqlarni yondiryapti

«Manchester Siti» jamoasi 2026-yildagi yangi mavsumga katta muhokamalar bilan kirib bormoqda. Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola rahbarligidagi kuchaytirishlar davom etmoqda va 21 yoshli o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanov jamoa himoya chizig‘ida muhim o‘yin ko‘rsatib, muxlislar va mutaxassislarning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.
Husanov jamoa bilan birgalikda yaxshi natijalar ko‘rsatib, Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Karabao kubogidagi bahslarda ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Markaziy himoyachi Maks Alleyn bilan birga himoya markazini mustahkam ushlab, «Siti»ning to‘liq holatdagi «ishonchli» himoyasini ta’minlashga katta hissa qo‘shmoqda.
«Manchester Siti»ning ijtimoiy tarmoqlarida Abduqodir Husanovning ijobiy o‘yinlari haqida muxlislar tomonidan bildirilayotgan fikrlar juda ko‘p va ularning orasida bir qator yaxshi baho va komplimentlar mavjud:
- Evans Juma: «Himoya ishonchli qo‘llarda! Husanov va Alleyn dueti juda yaxshi chiqdi!»
- Hery Muzi: «Ikki yosh markaziy himoyachi zo‘r o‘ynayapti.»
- Zed Fate: «Ruben Diashning Husanov va Alleynga tan bergani aniq.»
- George Ochieng: «Abduqodir — APLdagi eng tezkor futbolchi va doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak.»
- Frank Francis Msiska: «Husanov va Alleynning ishonchli o‘yinidan keyin endi Gvadiol va Diash tarkibga kirish uchun qattiq kurashadi.»
- Mïr Lùmîñøûs: «Gvardiol, tarkibdagi joying bilan xayrlashaver.»
- Badhaadhaa Ka Waaqoo: «Abduqodir va Maks haqiqiy bizbob yigitlar.»
- Joel Emaase: «Ikki yosh himoyachi hamkorlikda zo‘r o‘ynayapti.»
- Lucky Dee: «Husanov o‘zining yuqori tempi bilan ajralib turibdi. Maks ham yomon emas.»
- Cheburet Doñàld: «Husanov hamma uchrashuvlarda juda yaxshi o‘ynayapti.»
- Vincent Kipkorir Koech: «Husanov bugungi kunda eng yaxshi himoyachi!»
- Mbarak Mae: «Bizda bu ikki yosh himoyachining o‘rnini bosa oladigani yo‘q.»
- Mc Ochollah: «Husanov – noyob talant.»
- Chiti Kakumbi:«To‘g‘risi, bizga boshqa himoyachilar kerak emas. Stounz, Ake va Lyuisni sotib yuborsa ham bo‘ladi.»
Husanovning yuqori tempi va ishonchli o‘yini muxlislar e’tiborini o‘ziga jalb qilgan va uning jamoa uchun qanchalik muhim ekanini ko‘rsatgan. Xususan, “Siti”ning muxlislari ushbu yosh himoyachini o‘ziga xos talanti va yuksak saviyasi bilan hurmat qilishmoqda.
Husanov va Alleynning o‘yinlari «Siti»ning himoya chizig‘i uchun katta qo‘shimcha bo‘lib, jamoaga yangi ishonch qo‘shmoqda. Ikki yosh futbolchining ishonchli va samarali o‘yini klubning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!