date

Andijonda qurol va pichoq bilan tahdid qilib, pul olgan jinoiy guruh ushlandi

Andijonda qurol va pichoq bilan tahdid qilib, pul olgan jinoiy guruh ushlandi

Andijon shahrida qurol va o‘tkir tig‘li buyumlar bilan tahdid qilib, fuqarolardan katta miqdorda pul hamda kriptovalyuta undirib kelgan uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, guruh a’zolari kriptoaktivlar bilan shug‘ullanuvchi shaxsni kuzatib, o‘zlarini huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari sifatida tanishtirgan. Ular jabrlanuvchini supermarket oldiga chaqirib, Damas avtomashinasiga o‘tkazgan va “noqonuniy kriptofaoliyat” uchun jinoiy javobgarlik bilan qo‘rqitgan.

Tahdid va bosim orqali jabrlanuvchidan kriptohamyonga 100 ming AQSh dollari o‘tkazdirilgan. Shuningdek, tekshiruvda guruh a’zolaridan biri ayol kishiga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llab, qimmatbaho telefonini tortib olgani va 10 million so‘m talab qilgani ham aniqlangan.

Holat yuzasidan tovlamachilik va bosqinchilikka oid moddalar bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Guruhning ikki a’zosi — Minhajiddin Alimov (“Hoji”) va Abdumalik Shokirov (“Muftiy”) chet elda ekani aytilmoqda, ularga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Qolganlari ushlangan.

IIB jabrlanganlarni 102 raqami orqali murojaat qilishga chaqirib, murojaatchilar shaxsi maxfiy saqlanishini bildirdi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda qurol va pichoq bilan tahdid qilib, pul olgan jinoiy guruh ushlandi