date

17 yanvar: O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir-qorli ob-havo kutilmoqda

17 yanvar: O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir-qorli ob-havo kutilmoqda

O‘zgidrometga ko‘ra, 17 yanvar kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi: ko‘p joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi, ayrim hududlarda tuman tushishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ayrim paytlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharq tomondan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi ham, kunduzi ham +1…+3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo beqaror bo‘ladi. Ba’zi hududlarda qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Kechasi havo harorati −2…−7 daraja sovuqqacha pasaysa, kunduzi −2 daraja sovuqdan +3 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ayrim joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda. Tuman ehtimoli saqlanib qoladi. Harorat kechasi 0…−5 daraja sovuq, kunduzi esa 0…+5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand hududlarida yomg‘ir-qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi ehtimoldan holi emas. Harorat kechasi va kunduzi 0…+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham beqaror ob-havo saqlanadi. Yog‘ingarchilik (yomg‘ir va qor) kuzatilishi mumkin. Kechasi −2…+3 daraja, kunduzi esa +2…+7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi ehtimoli bor. Shamol sharq tomondan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi −2…+3 daraja, kunduzi 0…+5 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa vaqt-vaqti bilan qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0…−5 daraja sovuq atrofida saqlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 17 yanvar: O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir-qorli ob-havo kutilmoqda