
Abdukodir Husanov Angliya Premyer-ligasining 18-turida «Nottingem Forest»ga qarshi safardagi bahs uchun «Manchester Siti»ning o‘yin qaydnomasiga kiritildi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi. Bu haqda kursiv.uz beradi.
O‘zbek himoyachisi mazkur o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi. Murabbiylar shtabi esa tajribali himoya chizig‘iga va hujumda Erling Holand boshchiligidagi kuchli old qatorga tayanishni ma’qul ko‘rdi.
Yarim himoyada to‘p nazorati va hujumlarni rivojlantirish vazifasi Bernardo Silva hamda Rayan Sherki atrofida qurilgan. «Siti» ilk daqiqalardanoq yuqori tempni ushlab, tashabbusni qo‘lga olishni ko‘zlamoqda.
«Manchester Siti»ning asosiy tarkibi: Donnarumma — Mateus Nunes, Ruben Diash, Yoshko Gvardiol — Niko O’Rayli, Niko, Bernardo Silva (k), Tidjani Reynders — Fil Foden, Rayan Sherki, Erling Holand.
Zaxiradagilar: Traffford, Ake, Rodri, Savinyo, Abdukodir Husanov, MakAdu, Mukasa, Lyuis, R. Heski.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.