date

Endrik “Lion”ga kelib, maydonga tushmasdanyoq rekord o‘rnatdi

Endrik “Lion”ga kelib, maydonga tushmasdanyoq rekord o‘rnatdi

"Real" safida o‘yin amaliyoti kamayib qolgan braziliyalik iqtidor egasi Endrik mavsumning ikkinchi qismini Fransiya chempionatida o‘tkazadigan bo‘ldi. 19 yoshli hujumchi rasman ijara asosida "Lion" jamoasiga qo‘shildi.

"Lion" klubi Endrik transferini 23 dekabr kuni rasmiy ravishda e’lon qildi. Ushbu kelishuv Fransiya futboli muxlislari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, hali maydonga chiqmasdan turibyoq, yosh yulduz klub tarixida o‘ziga xos iz qoldirgani diqqatga sazovor.

Gap shundaki, Endrikning “Lion”ga o‘tishi munosabati bilan tayyorlangan videomaterial klubning ijtimoiy tarmoqlarida haqiqiy portlash effektini berdi. Mazkur videokontent qisqa fursat ichida rekord darajada ko‘rildi va “Lion” sahifalari tarixida eng ommabop nashrga aylandi.

The Touchline manbasi ma’lumotiga ko‘ra, 27 dekabr tongiga kelib, Endrik ishtirok etgan videorolik 1,1 million martadan ziyod tomosha qilingan. Bu ko‘rsatkich klub uchun mutlaq rekord sifatida qayd etildi.

Mutaxassislar bunday qiziqishni Endrikning katta istiqbolga ega ekani, shuningdek, uning “Real”dan keyin Yevropa futbolida yangi sahifa ochayotgani bilan izohlamoqda. "Lion" muxlislari esa yosh hujumchidan jamoa hujum chizig‘iga yangi ruh olib kirishini kutmoqda.

Kutilishicha, Endrik “Lion” safida ilk rasmiy uchrashuvini 3 yanvar kuni o‘tkazadi. O‘sha kuni lionliklar safarda "Monako"ga qarshi maydonga tushadi. Bu bahs yosh braziliyalik uchun Yevropa sahnasida o‘zini namoyon etishda muhim qadam bo‘lishi mumkin.

Qisqasi, Endrik hali to‘p tepmasdan turibyoq, “Lion” muxlislari qalbini zabt etdi. Endi esa navbat maydondagi so‘zga.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Endrik “Lion”ga kelib, maydonga tushmasdanyoq rekord o‘rnatdi