date

«Barselona» himoyani kuchaytirishda “Siti” markaziy himoyachisiga ko‘z tikdi

«Barselona» himoyani kuchaytirishda “Siti” markaziy himoyachisiga ko‘z tikdi

«Barselona» rahbariyati himoya chizig‘ini mustahkamlash borasida variantlarni sinchiklab tahlil qilmoqda. Kataloniya klubidagi mutaxassislar fikricha, «Manchester Siti» himoyachisi Natan Ake jamoa uchun «Chelsi» futbolchisi Aksel Disasiga nisbatan ancha mos keladi. Xususan, Xans-Diter Flik qo‘l ostida shakllanayotgan yangi tizimda niderlandiyalik futbolchining universalligi va tajribasi katta ahamiyat kasb etishi qayd etilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Akening o‘zi ham «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tish ehtimoliga ijobiy qaraydi va bu variantga nisbatan optimistik ruhda. Biroq ehtimoliy kelishuv oson kechmasligi mumkin. Sababi, «Manchester Siti» rahbariyati futbolchini to‘liq transfer qilish yoki uni boshqa yirik bitimning bir qismi sifatida ishlatishni ko‘zlamoqda. «Barselona» esa hozircha sotib olish huquqi bilan ijara variantini afzal ko‘ryapti.

Natan Ake 2020 yil yozidan buyon «shaharliklar» safida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Akening hozirgi bozor qiymati taxminan 18 million yevroga baholanmoqda. Shu bois, «Barselona» uchun ushbu transfer moliyaviy jihatdan ham jiddiy hisob-kitoblarni talab qiladi. Kataloniya klubi esa himoyani sifatli va oqilona kuchaytirish orqali yangi mavsumda yuqori maqsadlar sari intilishni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Barselona» himoyani kuchaytirishda “Siti” markaziy himoyachisiga ko‘z tikdi