
Bugun Angliya Premer-ligasining 18-turi doirasida "Manchester Siti" safarda "Nottingem Forest"ga qarshi maydonga chiqadi. Bellashuv arafasida bir qator nufuzli sport nashrlari “shaharliklar”ning ehtimoliy tarkibini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu o‘yinda tarkibni keskin o‘zgartirish niyatida emas. “Sports Mole”, “London Evening Standard”, “Sportsgambier”, “Fotmob” hamda “Sportingnews” kabi ishonchli manbalarning yozishicha, ispaniyalik mutaxassis odatiy asosiy futbolchilarga ishonch bildirmoqchi.
Nashrlar taxminiga ko‘ra, “Manchester Siti” maydonga quyidagi tarkibda tushishi mumkin: darvozada Donnarumma, himoya chizig‘ida O‘'Rayli, Gvardiol, Diash va Nunesh. Yarim himoyada Reynders, Niko va Silva harakat qilishi, hujumda esa Foden, Sherki hamda asosiy to‘purar Erling Xolandga ishonch bildirilishi kutilmoqda.
Bu qaror Gvardiolaning chempionlik poygasida har bir ochkoni qadrlayotganini va jamoani maksimal darajada barqaror saqlashga intilayotganini ko‘rsatadi. “Nottingem Forest” maydonida oson o‘yin bo‘lmasligi aniq, shu bois “Siti” eng kuchli tarkib bilan g‘alaba uchun harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da start oladi. Muxlislarni esa yana bir qiziqarli va yuqori sur’atli APL bahsi kutmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.