date

Atletiko "Shon-sharaf yo‘lagi"dan Kurtua suratini olib tashlaydi

Atletiko "Shon-sharaf yo‘lagi"dan Kurtua suratini olib tashlaydi
Madridning «Atletiko» klubi stadionga kirishdan oldin muxlislar o‘tadigan «Shon-sharaf yo‘lagi»dagi galereyadan Tibo Kurtuaning fotosuratini olib tashlaydi. Shuningdek, galereyaga kiritish mezonlari ham qayta ko‘rib chiqiladi.

Avval yozilmagan qoida sifatida futbolchi klub safida kamida 100 ta o‘yin o‘tkazishi shart, deb hisoblangan. Shu sababli, masalan, «Atletiko» oldidagi xizmatlariga qaramay, Luis Suares va Radamel Falkaoning suratlari bu yo‘lakda bo‘lishi mumkin emas edi.

Endi u yerda belgiyalik darvozabonning ham surati bo‘lmaydi. Bunga, jumladan, uning Madridning «Real» klubi bilan yaqin aloqalari ham sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Bundan tashqari, «Atletiko» muxlislari Ugo Sanchesning fotosuratini ham olib tashlashni talab qilmoqda: 1980-yillarning birinchi yarmida klubda o‘ynagan meksikalik hujumchi 1985 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Real»ga o‘tib ketgani uchun ularni anchadan beri ranjitib keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Atletiko "Shon-sharaf yo‘lagi"dan Kurtua suratini olib tashlaydi