date

Oʻzbekistondan xorijga sayohat qiluvchilar soni bir yilda 23 foizga oshdi

Oʻzbekistondan xorijga sayohat qiluvchilar soni bir yilda 23 foizga oshdi

2025 yil dekabr oyi boshiga kelib qariyb 7 mln oʻzbekistonlik sayyoh sifatida xorijga safar qilgan. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, yil davomida turistik oqim 23 foizga ko‘paygan. Bu haqda kursiv.uz beradi.

Eng ko‘p tashriflar Markaziy Osiyo davlatlariga toʻgʻri kelgan. Yo‘nalishlar ichida yetakchi o‘rinda Qirgʻiziston — 3,1 mln kishi. Keyingi pogʻonalarda Qozogʻiston va Tojikiston mos ravishda 1,3 mln va 1,2 mln sayyoh bilan qayd etilgan.

Ommabop beshlikka Rossiya (399 ming) va Saudiya Arabistoni (296,4 ming) ham kirgan. Shuningdek, Turkiyaga 251,1 ming nafar, BAAga esa 126,3 ming nafar Oʻzbekiston fuqarosi borgan.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent yaqin besh yilda turistik xizmatlar eksportini 20 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Rejalar doirasida Samarqandda diqqatga sazovor maskanlarni yagona turistik makonga bogʻlaydigan qulay piyoda yo‘laklari va ko‘priklar barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Shahrisabzda “Gelon” yirik turistik majmuasini qurishning birinchi bosqichi boshlanadi, Pop tumanida esa “Arashan” togʻ kurort-turistik zonasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Xivadagi Ichan-qalʼa esa ochiq osmon ostidagi interaktiv “aqlli” muzey formatiga o‘tkazilishi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistondan xorijga sayohat qiluvchilar soni bir yilda 23 foizga oshdi