10:01 / 18.02.2017
5 364

Lionel Messi Gvardioladan yana «Barselona»ga qaytishni so‘radi

Lionel Messi Gvardioladan yana «Barselona»ga qaytishni so‘radi

«Barselona» futbolchisi Lionel Messi Kataloniya jamoasini yana Xosep Gvardiola boshqarishini istamoqda, deb yozadi Uff.uz sayti.

Gvardiola «Barselona»ni 2008-2012 mavsumlarida boshqargan bo‘lib, shuncha vaqt mobaynida kataloniyaliklarni Evropaning nufuzli musobaqalarida bosh sovrinni qo‘lga kiritishlari va jamoa tarkibini shakllanishiga asosiy sababchi insonlardan biri bo‘lgan.

Manbada keltirilishicha, Messi Gvardiola bilan PSJdan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng telefon orqali suhbatlashgan va Pepdan yana «Nou Kamp»ga qaytib, avvalgidek jamoani boshqarishini so‘ragan.

Ma’lumki, Pep Gvardiola ayni vaqtda «Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi Gvardioladan yana «Barselona»ga qaytishni so‘radi