Toyota Land Cruiser 300 gibrid versiyasi Avstraliya bozoriga chiqdi

Toyota kompaniyasi Avstraliya bozorida oʻzining eng quvvatli yoʻltanlamasi — Land Cruiser 300 Hybrid modelini rasman taqdim yetdi. Avvalroq ushbu model faqat Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlarida sotilgan boʻlsa, yendilikda uning geografiyasi kengaymoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi model i-Force Max gibrid tizimi bilan jihozlangan boʻlib, u 3,5 litrli V6 yegizak turbo dvigatel va yelektr motor majmuasidan iborat. Umumiy quvvati 457 ot kuchiga va 790 Nm aylanish momentiga teng boʻlgan ushbu agregat anʼanaviy dizel dvigatelli modellardan ham kuchliroq hisoblanadi.
Avstraliyalik xaridorlarga GR Sport va Sahara ZX komplektatsiyalari taklif yetiladi. Ikkala versiya ham 10 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi va Toyotaʼning xususiy toʻliq uzatmali tizimi bilan jihozlangan. GR Sport modifikatsiyasi esa yanada takomillashtirilgan osma tizim va yelektron differensial blokirovkalari bilan ajralib turadi.
Gibrid versiyaning oʻziga xos jihatlari qatoriga yelektr boshqaruv kuchaytirgichi hamda yukxona qismidagi 1500 Vt quvvatga ega rozetka kiradi. Avtomobil faqat besh oʻrindiqli salon dizaynida ishlab chiqariladi.
Model 2026-yilning oʻrtalarida sotuvga chiqishi kutilmoqda. GR Sport versiyasining boshlangʻich narxi 113 ming dollarni, Sahara ZX esa 113,5 ming dollarni tashkil yetadi, bu esa oddiy V6 dvigatelli modellardan qariyb 6500 dollarga qimmatroqdir.































Izohlar 0
…