date

Manchester Yunayted Markus Reshford bilan xayrlashishga tayyor

Manchester Yunayted Markus Reshford bilan xayrlashishga tayyor

Manchester Yunayted rahbariyati Markus Reshfordning klubdagi kelajagi yo'qligini ma'lum qildi. Hozirda Barselona safida ijara asosida to'p surayotgan hujumchi kelasi mavsumda "Old Trafford"ga qaytmaydi. Klub ingliz futbolchisining yuqori maoshidan xalos bo'lishni maqsad qilgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Reshford yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Manchester Yunaytedning Chempionlar ligasiga qaytishi munosabati bilan iliq fikr qoldirgan bo'lsa-da, bu klubning qarorini o'zgartirmadi. Jamoa murabbiylar shtabi va rahbariyat futbolchini tarkibga qaytarish rejasi yo'qligini tasdiqladi.

Vaziyatni Barselonaning futbolchini doimiy ravishda sotib olish borasidagi ikkilanishi murakkablashtirmoqda. Kataloniyaliklar 28 yoshli hujumchini 26 million funt sterling evaziga xarid qilish huquqiga ega, ammo uning mavsum oxiridagi pasaygan formasi tufayli yakuniy qarorga kelishgani yo'q.

Markus Reshford 2024-yilning dekabr oyidan buyon Manchester Yunayted tarkibida maydonga tushmadi. Uning klub bilan munosabatlari yomonlashgan, ayniqsa, 10-raqamli libosdan mahrum bo'lganidan so'ng, tomonlar o'rtasidagi aloqalar uzilgani oydinlashdi.

Bosh murabbiy Maykl Kerrik futbolchining kelajagi borasida aniq bir gap aytishdan tiyilmoqda. Barselona 15-iyunga qadar sotib olish bandini faollashtirishi kerak, aks holda Reshfordning faoliyati borasidagi noaniqlik yanada kuchayadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted Markus Reshford bilan xayrlashishga tayyor