Sunʼiy intellekt bumu Samsung qiymatini 1 trillion dollarga yetkazdi

Sun'iy intellekt texnologiyalariga bo'lgan talabning keskin oshishi fonida Samsung kompaniyasi aksiyalari 10 foizdan ko'proqqa qimmatlab, bozor qiymati 1 trillion dollarlik marraga yetdi. Bu muvaffaqiyat Samsung'ni TSMC'dan keyin ushbu ko'rsatkichni qayd etgan ikkinchi Osiyo kompaniyasiga aylantirdi. Shuningdek, kompaniya yaqinda e'lon qilgan moliyaviy hisobotida foydasi o'tgan yilning shu davriga nisbatan sakkiz barobar oshganini ma'lum qildi.
Sunʼiy intellekt texnologiyalariga boʻlgan talabning keskin oshishi fonida Samsung kompaniyasi aksiyalari 10 foizdan koʻproqqa qimmatlab, bozor qiymati 1 trillion dollarlik marraga yetdi. Bu muvaffaqiyat Samsungʼni TSMCʼdan keyin ushbu koʻrsatkichni qayd etgan ikkinchi Osiyo kompaniyasiga aylantirdi. Kompaniya yaqinda eʼlon qilgan moliyaviy hisobotida foydasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan sakkiz barobar oshganini maʼlum qildi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
Hozirgi kunda sunʼiy intellekt tizimlarini yaratayotgan barcha yirik korporatsiyalar yuqori samarali xotira chiplariga muhtoj. Samsung aynan shu turdagi chiplarni ishlab chiqarishda yetakchilardan biri hisoblanadi. Talabning taklifdan yuqoriligi chiplar narxini oshirib, kompaniya daromadlarini rekord darajaga olib chiqdi.
Bozordagi oʻsishga Apple bilan bogʻliq xabarlar ham turtki boʻldi. Maʼlumotlarga koʻra, Apple oʻz qurilmalari uchun chiplarni AQSH hududida ishlab chiqarish boʻyicha Samsung va Intel bilan muzokaralar olib bormoqda. Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, global yarimoʻtkazgichlar taʼminot zanjirida katta oʻzgarish yuz beradi.
Samsungʼning muvaffaqiyati markazida sunʼiy intellekt tizimlari uchun muhim boʻlgan HBM (high-bandwidth memory) chiplari turibdi. Biroq kompaniya raqobatchisi SK Hynix bilan keskin kurash olib bormoqda. Shuningdek, ishchilarning ish tashlash ehtimoli va kompaniyaning boshqa boʻlinmalarida xotira chiplari narxining qimmatlashuvi Samsung uchun kelgusidagi qiyinchiliklar sifatida qaralmoqda.































Izohlar 0
…