date

Quyosh chaqnashlari kosmik chiqindilarning Yerga qulashini tezlashtirmoqda

Quyosh chaqnashlari kosmik chiqindilarning Yerga qulashini tezlashtirmoqda

Yangi ilmiy tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, Quyosh faolligi Yer orbitasidagi kosmik chiqindilarning atmosferaga tushish tezligiga bevosita taʼsir qiladi. Quyosh faollashganda, Yer atmosferasining yuqori qatlamlari biroz kengayib, zichroq holatga keladi. Natijada past orbitadagi obyektlar kuchliroq qarshilikka uchraydi va balandligini tezroq yoʻqotadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Olimlar 36 yil davomida 17 ta kosmik chiqindi boʻlagining harakatini tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqotchilar ushbu obyektlarning orbitalarini Quyosh dogʻlari sikllari va nurlanish darajasi kabi maʼlumotlar bilan solishtirishdi. Maʼlum boʻlishicha, Quyosh faolligi maʼlum bir darajaga yetganda, chiqindilarning orbitadan chiqib ketish jarayoni sezilarli darajada tezlashadi.

Quyosh faolligi yuqori boʻlgan davrlarda ishlayotgan sunʼiy yoʻldoshlar oʻz orbitasini saqlab qolish uchun koʻproq yoqilgʻi sarflashga majbur boʻladi. Biroq kosmik chiqindilar uchun bu jarayon ijobiy ahamiyatga ega: ular atmosferada tezroq yonib ketadi va orbitani tark etadi. Mualliflar bu hodisa kosmik obyektlarning ishlash muddatini va toʻqnashuv xavfini baholashda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlashmoqda.

Hozirgi kunda Yer atrofida 130 milliongacha boʻlgan turli oʻlchamdagi chiqindilar, jumladan, ishdan chiqqan sunʼiy yoʻldoshlar va avariyalar natijasida qolgan mayda boʻlaklar mavjud. Ushbu muammo kosmik fazoni oʻzlashtirishda tobora jiddiy tus olmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Quyosh chaqnashlari kosmik chiqindilarning Yerga qulashini tezlashtirmoqda